Uzbek Language Learning Podcasts

Uzbek podcast 021006

Informações:

Synopsis

ALISHER NAVOIY (1441 - 1501) 9 – fevral kuni ulug‘ o‘zbek shoiri, o‘zbek tili va adabiyotining asoschisi, mutafakkir va davlat arbobi Mir Alisher Navoiy tavalludiga 565 yil to‘ldi. Alisher Navoiy temuriylar saltanatiga tegishli Hirotda tug‘ilib, umrining asosiy qismini shu yerda o‘tkazgan. Uning otasi G‘iyosiddin Muhammad temuriylar saroyining amaldorlaridan, xonadonning ishonchli kishilaridan bo‘lgan. Alisher kichiklik chog‘idan she’r va musiqaga qiziqdi. Olimu fozillar davrasida bo‘ldi. U yetti yoshidayoq Farididdin Attorning 'Mantiqut-tayr' asarini yod olgan edi. Alisher maktabda bo‘lajak sulton Husayn Boyqaro bilan birga o‘qidi. Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan ta’lim oldi, Abdurahmon Jomiy bilan ijodiy hamkorlikda bo‘ldi. Navoiy 1469 yilgacha temuriylar orasidagi ichki nizolar sababli Hirotdan chiqib ketishga majbur bo‘ldi. Husayn Boyqaro Xuroson taxtiga o‘tirgach (1469), Navoiy hayoti va ijodida yangi bosqich boshlanadi. Navoiy ijodi ixlosmandlari uning she’rlarini yig‘ib